Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1996-yilda tugʻilgan Shodigul Ahmedova bir yoʻla ikki oʻgʻil va bir nafar qizni dunyoga keltirgan.

  • Birinchi chaqaloq – oʻgʻil, vazni 2260 gramm, boʻyi 46 santimetr;
  • Ikkinchi chaqaloq – qiz, vazni 2450 gramm, boʻyi 46 sm;
  • Uchinchi chaqaloq – oʻgʻil, vazni 2350 gramm, boʻyi 46 sm.

Ona va chaqaloqlar ahvoli qoniqarli, ularga mutaxassislar tomonidan zarur tibbiy yordamlar koʻrsatilmokda.

Chaqaloqlar otasi shoʻrchilik Bobobek Xolyorovning ham xursandchiligi cheksiz. U farzandlari sogʻlom holda dunyoga kelishiga yaqin koʻmakchi boʻlgan tibbiyot xodimlaridan minnatdor.