Muhimi, Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarini endilikda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi masʼulligiga oʻtkazildi.
Hozirga qadar Surxondaryo viloyatidagi yagona 12-son Mehribonlik uyi faoliyati tugatildi.
Ota-ona mehridan ayrilgan oʻgʻil-qizlarni ijtimoiy muhitga moslashtirish maqsadida joylarda oilaviy bolalar uylari tashkil etilmoqda.
Shu kungacha viloyatning Termiz shahri va Denov tumanida jami toʻrtta oilaviy bolalar uyi mavjud edi. Angor tumanidagi “Yangiturmush” mahallasida istiqomat qiluvchi Hoshimovlar oilasi tomonidan tashkil etilgan oilaviy bolalar uyi 2 nafar oʻgʻil va 6 nafar qiz farzandni bagʻriga oldi. Ularning 2 nafari Toshkent shahridagi 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, qolgan 6 nafari esa ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalardir.
Tadbirda Angor tumani hokimligi hamda Milliy gvardiyaning Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi masʼullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga tashkilotchilar tomonidan sovgʻalar ulashildi.
Azimbek Samadov,
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasi muxbiri.