Surxondaryoda yuzdan ortiq ijtimoiy va infratuzilma obyektlari foydalanishga topshirildi

    Bugun Surxondaryoda 74 ta maktab, 8 ta bogʻcha, 7 ta tibbiyot muassasalari, 20 km uzunlikdagi 9 ta yoʻl obyekti, 1 ta koʻprik va 3 ta irrigatsiya obyektlari foydalanishga topshirildi.

    Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Termiz tumanida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, Termiz shahri “Farovon” massivida qurilishi tugallangan 7 qavatli, 84 xonadonli turar joylar sharoitlari, yoʻli qurilishi va hududni obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

    Shuningdek, Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi Surxondaryo viloyati filialining yangidan qurilgan binosini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi. Bugunning oʻzida 74 ta maktab, 8 ta bogʻcha, 7 ta tibbiyot muassasalari, 20 km uzunlikdagi 9 ta yoʻl obyekti, 1 ta koʻprik va 3 ta irrigatsiya obyektlari foydalanishga topshirildi.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 1 500 oʻrinli oʻquv binosi qurilishi koʻzdan kechirilib, oliygohning majlislar zalida qurilish sohasida davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.