Loviyaning asosiy xaridorlari Pokiston va Afgʻoniston davlatlari hisoblanadi.

Yana bir jihat shundaki, pandemiya boshlangan davrdan yaʼni 2020-yilning mart oyidan shu kunga qadar Afgʻoniston va Pokiston davlatlariga 24,2 million dollarilik 14,1 ming tonna loviya eksport qilingan.

Shu bilan birga, joriy yilning oʻtgan davrida Surxondaryo viloyatidan mazkur ikki davlatga 9,4 million dollarlik mosh va 2,2 million dollarlik noʻxat mahsulotlari ham eksport qilindi. Hozirda ham mazkur mahsulotlarning eksporti bojxona postlarida tunu kun amalga oshirilmoqda.

Loviya nafaqat inson salomatligi uchun foydali mahsulot balki, uni yetishtirgan inson uchun ham serdaromad sohalardan biridir.

Maʼlumot uchun: Loviya (Phaseolus) — dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar, lianalar, chala butalar turkumi; dukkakli don ekini. Olimlarning izlanishlari dukkakli oʻsimliklar mevasi, yaʼni, mosh, loviya, noʻxatni doimiy tarzda meʼyorida isteʼmol qilish insonlarni yurak xastaliklari xavfidan asrashini aniqlab berdi. Shuningdek, loviya dunyodagi tetiklik, uzoq umr koʻrish va sogʻlom boʻlish garovi boʻlgan oʻnta eng foydali mahsulotlaridan biri hisoblanadi.

Loviya tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi uchraydi. Surxondaryo viloyati iqlimi ham subtropik mintaqa hisoblangani bois loviyadan juda yaxshi hosil olish mumkin.