Muloqot chogʻida yigit-qizlar ilm-fan, sanʼat va adabiyot kabi sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida ham gapirib berishdi.
Uchrashuvda kam taʼminlangan, qiyin sharoitda yashayotgan oilalar farzandlari boʻlgan, shuningdek, eng bilimli, izlanuvchan talaba yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning bir guruhiga kontrakt pulini toʻlab berish imtiyozini beruvchi maxsus sertifikatlar topshirildi. Yana bir guruh yoshlarning Oʻzbekiston boʻylab sayohati hokimlik tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan boʻldi.
Termiz shahrida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan viloyat festivali koʻtarinki ruh va yuqori kayfiyatda davom etmoqda.