“Alpomish” sport majmuasi mezbonlik qilayotgan musobaqaning birinchi kunida yengil vazn toifasidagi bahslar oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, kunning eng qiziqarli bahsi -66 kg vazn toifasining final bellashuvi boʻldi. Unda gʻalaba uchun mezbonlarning ushbu vazndagi eng kuchli polvoni Behruz Amandavlatov va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati finalchisi Artyom Shturbabin toʻqnash keldi. Murosasiz kechgan bellashuvda Amandavlatovning qoʻli baland keldi. Birinchi kunning barcha sovrindorlari:

Birinchi kun natijalari, ayollar:

- 48 kg:

1. Marjona Salohitdinova (Surxondaryo)
2. Mashhura Azimova (Andijon)
3. Fotimaxon Tursunboyeva (Namangan)
3. Gulshoda Xalilova (Toshkent shahri)

-52 kg:

1. Zuhra Maʼmurjonova (Andijon)
2. Iroda Azimova (Toshkent shahri)
3. Muhayyo Ahmatova (Qashqadaryo)
3. Ulugʻoy Mamarajapova (Surxondaryo)

-57 kg:

1. Iroda Mamashayeva (Surxondaryo)
2. Maftuna Adahamova (Andijon)
3. Yulyana Maxsetbayeva (Qoraqalpogʻiston)
3. Dilfuza Ibraimova (Toshkent viloyati)

Erkaklar:

-60 kg:
1. Bahrom Botirov (Buxoro)
2. Kamoliddin Baxtiyorov (Qashqadaryo)
3. Nasrillo Shokirov (Toshkent shahri)
3. Azizbek Ashurov (Samarqand)

-66 kg:

1. Behruz Amandavlatov (Surxondaryo)
2. Artyom Shturbabin (Toshkent viloyati)
3. Otabek Hasanov (Navoiy)
3. Abdurahim Nutfullayev (Toshkent viloyati)