Go'sht, sut, tuxum kabi eguliklar xalqimizning asosiy iste'mol mahsulotlaridan sanaladi. Bu boradagi ehtiyojni ta'minlash barcha hududlarda asosiy masalalardan biridir. Ushbu mahsulotlarni xalqimiz dasturxoniga yetkazib berishda Surxondaryo viloyati alohida tajribaga ega.
Ayniqsa, so'nggi yillarda hududda bu boradagi ishlar ko'lami kengaydi. Joriy yil 1-yanvar holatiga ko'ra, viloyatning barcha toifadagi xo'jaliklarida yirik shoxli mollar 1 023,6 ming boshga yetdi. Bu o'tgan yilga nisbatan 103 foizga ko'p.
Birgina Qumqo'rg'on tumani misolida olib qaraydigan bo'lsak, nafaqat qoramol, balki parrandichilikning xadisini olgan tadbirkorlar ko'pchilikni tashkil etadi. Shunday tadbirkorlardan biri Meliboy Boboyev tumanning adirlik joyidan 2 gektar yer maydoni olib, unda parrandachilik kompleksi qurib, ishga tushirdi. Hozir bu yerda 15 ming boshdan ziyod parranda parvarishlanmoqda. Egalikdagi parrandalar kuniga 11 mingtadan ziyod tuxum maxsulotlari beryapti.
Olingan maxsulotlar nafaqat ichki bozorlarimiz, balki qo'shni respublikalarga ham yetkazib berilmoqda. Pirovardida, yangi ishga tushirilgan kompleksda 10 nafar ish o'rini yaratilib, mahalliy aholining ish bilan bandligi ta`minlanyapti.
Viloyatda parrandachilikka ixtisoslashtirilgan yana 4 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish uchun 8 milliard 36 million so'm mablag' ajratilgan. Loyihalar uchun 10 gektar yer maydoni ham ajratilishi ko'zda tutilgan. Maqsad esa aholini parxezbop go'sht va tuxum maxsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirishdan iborat.
Zoyir QULIYEV,
“O'zagroinspeksiya” Surxondaryo viloyat boshqarmasi jamoatchilik
bilan aloqalar bo'limi bosh inspektori