Uzun tumani “Bobotog'” davlat o'rmon xo'jaligida o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida o'rmon xo'jaligining “Fayzova” bo'limi, 6-aylanma 7-kvartalining “Archabuloq” massivi hududida tabiiy holda o'sadigan tojik kovragi o'simligiga ko'p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlandi.
O'rganishlar natijasida o'rmon xodimlarining o'z ishiga ma'suliyatsizlik bilan yondashishi oqibatida hududdagi O'zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan 611 tup tojik kovragi o'simligi noqonuniy tarzda kesib olinganligi va bu bilan tabiatga 302 million 445 ming so'm zarar yetkazilganligi ma'lum bo'ldi.
Ish yuzasidan to'plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun tuman prokuraturasiga yuborildi.