Haqiqatan ham ba'zida sut mahsulotlari foydadan ko'ra ko'proq zarar keltiradi. Ammo doim ham bunday emas. Undan ko'ra, uning ijobiy va salbiy tomonlarini solishtirgan ma'qul. SHuni ta'kidlash kerakki, sut tarkibida kal`tsiy mavjud bo'lib, u D vitamini tufayli ichaklarga singib ketadi. Ammo ratsionda kal`tsiy va D vitamin bo'lmasa, osteoporoz xavfi ortadi.
Kuz-bahor mavsumida quyosh nuri tanqisligi yuz beradi. Uzun liboslar, quyosh nurlaridan himoya qiluvchi vositalar yoki SPF kremlaridan foydalaniladi. SHu sababdan D vitamin terida sintez qilinmaydi. Buning uchun ularni dori shaklida qabul qilish yoki sutli mahsulotlardan olish mumkin.
Sutli mahsulotlar tarkibidagi kal`tsiy etishmovchiligi natijasida suyaklar mo'rtlashib boradi. YOsh o'tgan sari suyaklarning sinish xavfi ortib, osteoporoz vujudga keladi. Oddiy ko'ringan bu holat keksa insonlarning o'limiga ham sabab bo'lishi mumkin. Albatta, boshqa mahsulotlar tarkibida ham kal`tsiy mavjud, ammo 100 gramm qattiq pishloq tarkibidagi kal`tsiy o'rnini to'ldirish uchun 15 kilogramm ismaloq yoki 1 kilogramm brokkoli iste'mol qilishga to'g'ri keladi. SHuning uchun sut mahsulotlaridan voz kechish mantiqsiz qaror hisoblanadi.
Laktoza etishmovchiligi
Laktoza – sut tarkibidagi shakar. Inson tanasi sut shakarini fermentlar ta'siri ostida ikkita tarkibiy qismga − glyukoza va galaktozaga ajratadi. Biroz vaqt o'tgach ushbu moddalar qon oqimiga kiradi. Ba'zi kattalar laktoza etishmovchiligi tufayli yoki sutning yomon singishi oqibatida noqulaylikni boshdan kechiradi. Bundan tashqari, bolalarda ham bu hodisa uchrab turadi. Bu qorin bo'shlig'ida og'irlik, qorin dam bo'lishi va ba'zida diareya bilan namoyon bo'ladi.
Sut oqsiliga allergiya
Sutga, aniqrog'i, sut oqsiliga allergiya haqiqatan ham mavjud. Bunday allergiyaga moyil kishilar har qanday turdagi sut mahsulotlarini iste'mol qilishi mumkin emas. Sababi allergiya eshakemi, qizarish, turli toshmalar va analitik shok bilan birga kuzatilishi mumki
Sut mahsulotlarini yomon ko'radiganlar o'qisin
So'nggi vaqtlarda aksariyat insonlar tomonidan sut mahsulotlarini rad etish holati uchrayapti. Bu hol nimaga asoslanib yuzaga kelayotganiga aniqlik kiritish uchun mutaxassislar fikrlariga tayandik. Ular sut mahsulotlarisiz organizm nimalarga duch kelishini ma'lum qilishdi.
Markaziy bank oktyabr oyida 8 ta kredit taşkilotiga jarima qölladi
- Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida Özbekiston milliy pavilyoniga taşrif buyurdi
- Çilonzor tumanida aliment tölamagan 9 nafar şaxs 15 sutkaga qamaldi
- Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti bilan uçraşdi
- Toşkent xalqaro aeroportida UzIMEI mutaxassislarining doimiy faoliyat yuritişi yölga qöyildi
- Oʻzbekiston Prezidenti BMTTD Administratori bilan uchrashuv oʻtkazdi
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi