Odamlarda olib borilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, limfoma va yuqori darajadagi vaksen kislotasi bo'lgan bemorlarning davolanishi osonroq kechadi.

Yangi tadqiqotda olimlar qaysi oziq moddalar immun T-hujayralarining javoblarini rag'batlantirishi mumkinligiga e'tibor qaratishdi. Ular ma'lum turdagi transyog' CD8 + T hujayralarini qayta dasturlashi va o'smaga qarshi ta'sirni ta'minlashi mumkinligini aniqlashdi.

Buning uchun olimlar jamoasi 700 ga yaqin parhez metabolitlari ma'lumotlar bazasini o'rganib chiqdi va keyin ozuqaviy moddalardan olingan 235 bioaktiv molekulalar kutubxonasini yig'di. Sinovning keyingi bosqichida vaksen kislotasiga boy parhez ta'sirida bo'lgan turli xil o'smalari bo'lgan hujayralar va sichqonlar ustida tadqiqot o'tkazildi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu modda bilan boyitilgan parhez melanoma o'smasi o'sishi va yo'g'on ichak saratoni xavfini kamaytiradi.

Odamlarda o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, organizmida vaksen kislotasi ko'p miqdorda bo'lgan limfoma bilan og'rigan bemorlarning bu kislota kam miqdorda bo'lgan kasallarga qaraganda davolanishi osonroq kechadi.

Bundan tashqari, transyog'lar leykoz hujayralarini bartaraf etishda immunoterapiya dori vositasining samaradorligini oshirdi.

Tadqiqotchilar vaksen kislotasi T-hujayraga asoslangan saraton kasalligini davolash uchun qo'shimcha sifatida ishlatilishi mumkinligini ta'kidlashmoqda, deb xabar beradi mail.ru.