Suv obyektlaridan suv servituti asosida foydalanish asoslari belgilandi

    Suv kodeksiga koʻra, suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanishga, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarga asosan foydalanishga beriladi.

    Suv obyektidan vaqtincha foydalanish muddati 3-yildan kam boʻlmasligi va 49-yildan oshmasligi kerak.

    Suvdan umumiy foydalanish jumlasiga quyidagilar kiradi, jumladan:

    • oʻzining ichimlik va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlari uchun suv olish;
    • choʻmilish;
    • chorva mollarini sugʻorish;
    • sport va havaskorlik yoʻli bilan baliq ovlash.

    Suvdan umumiy foydalanish ruxsatsiz va cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

    Suvdan maxsus foydalanish Kodekda belgilangan hollarda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

    Shuningdek, suv servituti quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin, jumladan:

    • suvdan umumiy foydalanish;
    • fuqarolar va transport vositalarining oʻtishi;
    • hayvonlarni sugʻorish va chorva mollarini haydab oʻtish;
    • sohil boʻyi zonalaridan erkin foydalanishni va undan oʻtishni taʼminlash.

    Suv servituti ommaviy va xususiy suv servituti shaklida boʻlishi mumkin.