Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, holat joriy yilning 5-dekabr kuni soat 10:15da yuz bergan. Unda viloyatdagi “Tuyabo‘g‘iz” suv omborida baliq yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jalikda qorovul bo‘lib ishlovchi 27 yoshli fuqaro ko‘mir isidan zaharlangan. Uning sog‘lig‘i yomonlashgani va zudlik bilan yordam kerakligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tashvishli xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan. Shuningdek, fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
"Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u o‘z uyida", deyiladi xabarda.