Unda ishlatilgan g'ishtlar CO2 chiqindilarini kamaytirish uchun suv o'tlaridan ishlab chiqilgan.
Hech kimga sir emaski, beton ishlab chiqarish juda katta miqdordagi CO2 hosil qiladi, shuning uchun turli mamlakatlar olimlari uzoq vaqtdan beri muqobil qurilish materiallarini topish ustida ishlamoqda. Maqsad binolarni mustahkam yoki xavfsizroq qilish emas, asosiy maqsad CO2 chiqindilarini kamaytirishdir. Suv o'tlaridan yasalgan g'ishtlar har jihatdan betondan qolishadi, ammo ularni dunyo miqyosda ommaviy ishlatish chiqindilarni 8 foizga kamaytiradi, shu bois mazkur tashabbus ko'pchilikning e'tiborini tortdi, deb xabar beradi techcult.ru.