Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan navbatdagi tadbirda kommunal sohasidagi qingʻirlik fosh etildi.

“Samarqand suv taʼminoti” MCHJ nazoratchisi vazifasida ishlovchi, 1979-yilda tugʻilgan M.A.(ism-familiyasi shartli) Samarqand shahridagi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan biridagi suv isteʼmolida aniqlangan kamchilik uchun 100 million soʻm miqdorida jarima tayinlamaslik evaziga korxona xodimlaridan pul mablagʻi talab qilib, 800 AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Hozir ushbu shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oli borilmoqda.