Suv tanqisligi sababli GESlarda ishlab chiqarish hajmi kamaygan

    Energetika 9 Noyabr 2021 1057

    Joriy yilda suv tanqisligi tufayli mamlakatimiz gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 30 foizga kamaydi. Bu esa isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatyapti.

    GESlarda suv hajmining kamligi sababli elektr energiyasi ishlab chiqarish koʻrsatkichlari kamayishi kuzatilyapti va buning natijasida ayrim hududlarda elektr energiyasi taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilyapti.

    Bu gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning qisqarishi bilan bogʻliq boʻlib, bu ehtiyojni toʻliq qoplash uchun zarur miqdorda elektr energiyasi yetishmasligiga olib keldi.

    Demak, 2019-yilda gidroelektr stansiyalarda ishlab chiqarish 6,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich oʻtgan yilgi koʻrsatkich kabi 5 milliard kilovatt-soatni yoki 1,5 milliard kilovatt-soatga kam (30 foiz)ni tashkil etyapti.

    Mazkur 1 milliard 200 million kilovatt-soat elektr energiya bilan respublika aholi isteʼmolchilarini bir oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash mumkin.

    Joriy yilda suv omborlarida belgilangan suv zaxiralari toʻplanmagani nafaqat Oʻzbekiston, balki qoʻshni respublikalarda ham kuzatilyapti.

    Shunga qaramasdan, mamlakatimizda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda elektr stansiyalar orqali rejada koʻrsatilgan hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish choralari koʻrilyapti, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.