Toshqin 10 ta mahalla, 23 ta aholi punktlari hududidagi 4711 ta turar va 277 ta noturar joy ob'ektlari, 30718 gektar ekin maydonlariga zarar etkazgan.

Hozirgi kunda FVV, Mudofaa, IIV, Milliy gvardiya tomonidan 17000 nafarga yaqin shaxsiy tarkib, 2500 dan ortiq texnika, 300 ga yaqin motopompa yordamida toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

FVV, Sog'liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi va ularning Sirdaryo viloyati bo'linmalari tomonidan Sardoba tumanining Do'stlik, Qo'rg'ontepa, YUrtdosh aholi punktlarida jami 743 bosh, Oqoltin tumani aholi punktlarida jami 551 bosh, Mirzaobod tumanidagi aholi punktlarida jami 1330 bosh nobud bo'lgan hayvonlarning jasadlari ko'mish yo'li bilan zararsizlantirildi.