Bu haqda The Kathmandu Post xabar bermoqda.
Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko'ra, Rasugadxi chegara posti hududida 18 kishi bedarak yo'qolgan. Ular orasida uch nafar politsiyachi, to'qqiz nafar mahalliy aholi va olti nafar Xitoy fuqarosi bor.
Politsiyaning xabar berishicha, suv toshqini Xitoy tomonida kuchli yomg'ir yog'ishi tufayli yuzaga kelgan. Oqim mahalliy bojxona hududini vayron qilgan va 9 ta yuk konteynerini olib ketgan. Bir necha kishi qutqarib olindi, biroq suv sathining ko'tarilishi qidiruvni qiyinlashtirmoqda.
Shuningdek, Timur tumanidagi elektr transport vositalarini quvvatlash stantsiyasi va “Rasugadxi” GESining to'g'oni ham shikastlangan. Pasang-Lxamu avtomagistralining hodisa joyiga olib boradigan qismiga ham zarar yetgan, bu esa qutqaruv uskunalarini yetkazib berishni qiyinlashtirmoqda, deb xabar beradi report.az.