Mazkur avtomobil shinalari o'ziga xos tarzda ishlab chiqilgan. Ular yo'lning qanday holatda ekanidan qat'i nazar samarali harakatlanishiga imkon beradi.
Transport vositasi quruqlikda soatiga 40, suvda esa 6 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Uning kabinasi 4 kishini sig'dira oladi.
Avtomobilda 12 dyuymli sensorli ekran ham o'rnatilgan. Ekrandagi kerakli tugmalarni bosish orqali yo'l holatidan kelib chiqib shinalarning hajmini moslashtirish mumkin. Mazkur transport vositasi harakatlanish qiyin bo'lgan manzillarda foydalanish uchun juda qulay qilib ishlab chiqarilgan. Sasquatch yo'ltanlamas avtomobilining narxi hali e'lon qilinmadi, biroq kompaniya kuzda uning narxi haqida ma'lumot berilishini aytib o'tdi, deb xabar beradi techcult.ru.