Mabodo suvga choʻkkan smartfon hayot alomatlarini koʻrsatmayotgan boʻlsa, nima qilish kerak? Hayotimizda koʻplab uchraydigan ushbu holat albatta koʻpchilikni tashvishga soladi. Aksariyat insonlar smartfonini suvga tushirib yuborib, undan foydalana olmay yuradilar. “RIA Novosti”ning shu holatda nima qilish kerakligi bilan bogʻliq savoliga “Raqamli platformalar” notijoriy tashkilotining strategik kommunikatsiyalar boʻyicha direktori Aleksandra Gavrilova javob berdi.
“Agarda telefoningiz suvga choʻkkan boʻlsa, oqibatlarini yumshatishning bir nechta yoʻli bor. Birinchidan, zamonaviy telefonlarining aksariyati suv oʻtkazmaydi, suvga tushib ketgan qurilma darhol olingan boʻlsa, omadingiz chopib, unga hech narsa qilmasligi ham mumkin. Biroq, har ehtimolga qarshi, unga bir kun dam berib, ertasiga ishlatganingiz maʼqul”, — dedi mutaxassis.
Agarda telefon suv oʻtkazuvchan va ishlamayotgan boʻlsa, uni yoqish, tugmalarini bosish, silkitishga urinmang. «Aks holda tizim platasi va alohida qismlariga shikast yetkazib qoʻyish hech gapmas. Telefondagi ayrim qismlarni almashtirib boʻlmaydi, ustabuzarmonlik oqibatida smartfoningizdan ayrilib qolishingiz mumkin», — ogohlantiradi Gavrilova.
Shuningdek, Gavrilova smartfonni mustaqil quritmaslikni tavsiya qiladi. Bu ayrim detallarning ishdan chiqishiga ham olib kelishi mumkin. Eng oddiy ustaxonada ham smartfonni ochib, quritib berish unaqa qimmat ham emas.