Qarorga koʻra:

- “Suzuk ota” majmuasini saqlash va undan foydalanish Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentiga yuklangan.

-2020-2021-yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi

Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish

va saqlash departamentini maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan taʼminlash nazarda tutilgan.

- “Suzuk ota” majmuasidan foydalanish va saqlash harajatlari hamda maxsus texnika va avtotransport vositalari xarid qilish uchun zarur mablagʻlar Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladi.