Bu haqida Migratsiya agentligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur hujatlar oʻzbekistonliklar uchun Shvetsiyada qonuniy ishlash, oʻqish va yashash imkoniyatlarini tartibga soluvchi davlat tomonidan kafolatlangan huquqiy mexanizm hisoblanadi.

Unga koʻra:

  • tibbiyot, texnika, xizmat koʻrsatish va parvarishlash sohalarida malakali mutaxassislarni Shvetsiya mehnat bozoriga tayyorlash boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi;
  • oʻzbekistonlik nomzodlarini shved ish beruvchilari bilan bogʻlash mexanizmlari yaratiladi;
  • talabalar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun akademik almashinuv imkoniyatlari kengayadi;
  • migratsiya ishtirokchilari va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar joriy etiladi.
  • viza tartiblarini soddalashtirish va diplomatik pasport egalari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi;
  • noqonuniy migratsiya, odam savdosi va hujjatlarni qalbakilashtirishga qarshi qoʻshma mexanizmlar kuchaytiriladi.

Shuningdek, Xalqaro migratsiya tashkiloti ishtirokida pilot dastur amalga oshirilib, Shvetsiya mehnat bozori ehtiyojlari oʻrganiladi, shved tili va kasbiy tayyorgarlik dasturlari yoʻlga qoʻyiladi.