Bu haqida «Dunyo» AA xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, yurtdoshlarning vataniga qaytishi Oʻzbekiston va Shvetsiya vakolatli organlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi natijasi boʻlgan.

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda xavfsiz tashish bilan bogʻliq tashkiliy va huquqiy jarayonlar tezkorlik bilan kelishib olingan.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston migratsiya masalalari, jumladan, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish va xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni izchil davom ettirmoqda.