Rasmiy maʼlumotga ko‘ra, chet elga ishga joylashish uchun xususiy bandlik agentligi bilan shartnoma tuzgan fuqarolar to‘lovni faqat shu agentlikning rasmiy hisob raqamiga amalga oshirishi kerak.
Idora
goehlantirishicha, mablag‘ni boshqa firma, vositachi yoki uchinchi shaxs hisob raqamiga
o‘tkazish, shuningdek, naqd pul berish yoki jismoniy shaxs plastik kartasiga to‘lov
qilish xavfli hisoblanadi.
Shuningdek,
“konsalting xizmati” yoki boshqa nomlar ostida begona tashkilotlarga to‘lov qilish
ham tavsiya etilmaydi.
Migratsiya
agentligiga ko‘ra, xorijga ishga jo‘natish huquqini beruvchi litsenziya muayyan
tashkilot nomiga rasmiylashtiriladi va u boshqa korxona yoki kompaniyalarga tatbiq
etilmaydi.
Fuqarolarga
shartnoma tuzishdan oldin agentlik litsenziyasini tekshirish, shartnoma va to‘lov
hujjatlaridagi tashkilot nomi bir xil ekaniga eʼtibor qaratish tavsiya qilingan.
Bundan
tashqari, ehtimoliy muammolarda huquqiy himoyani taʼminlash maqsadida to‘lov
cheklari, shartnomalar, rasmiy hujjatlar, reklama materiallari va ijtimoiy
tarmoqlardagi yozishmalarni saqlab qo‘yish so‘ralgan.