Ushbu fabrika Rossiyaning yirik korxonalaridan biri bo'lib, o'z sohasining etakchilardan hisoblanadi. Uning ishchilari endi Mingbuloqning "Ismigul Begoyim" xususiy korxonasida tayyorlangan maxsus ish kiyimlarini kiyadilar.
Bularning bari, 2019 yil noyabr` oyida Sverdlovsk gubernatori Evgeniy Kuyvashev va Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi natijasi o'laroq amalga oshmoqda.
Tadbirkor Mukarram Bosaralieva rahbarlarigi ishlab chiqarilgan mahsulotlar murakkab pandemiya sharoitiga qaramay buyurtmachilarga qisqa muddatda etkazib berildi.
Kuni kecha ushbu ust-boshlarning taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda Sverdlovsk viloyati xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri o'rinbosari Vyacheslav YArin, O'zbekistonning Ekaterinburgdagi bosh konsuli Abdusalom Xatamov, fabrika bosh direktori Aleksandr Zasыpkin ishtirok etadi.
O'zbekistondagi Rossiya savdo vakilligi ma'lumotlariga ko'ra, ikki davlatlar o'rtasidagi savdo aylanmasi, turli murakkabliklarga qaramay o'tgan 5 oy mobaynida 18% ga o'sgan.
Anvar IKRAMOV