Joriy yilda yogʻochni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonada vakolatxona koʻmagida ishsiz, ogʻir moliyaviy ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz ishga joylashtirilgan edi.
Mehnat migrantlari korxona tomonidan taqdim etilgan sharoitlar yaxshiligi, oylik maoshi oʻz vaqtida toʻliq berilishi va ularga nisbatan hech kim tazyiq oʻtkazmasligini bildirdi.
Bundan tashqari, fuqarolarimizga soʻnggi vaqtlarda Rossiya Hukumatining migratsiya yoʻnalishida kiritayotgan oʻzgarishlari haqida maʼlumot berildi.
Turli noqonuniy guruhlarga aralashib qolmaslik boʻyicha ogohlantirildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.