Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Energosavdo” Samarqand shahri boʻlimi elektromontyori A.B. fuqaro O.Sh.ning savdo doʻkonida elektr energiyasidagi qoidabuzarligi uchun tuzilgan dalolatnoma boʻyicha hisoblangan 113 mln soʻmlik qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.