+73 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Svetlana Osipova jahon chempionligini qoʻlga kiritdi, deya xabar bermoqda MOQ.
Final bellashuvida Osipova isroillik Dana Arzanni 3 raundda (2:1) magʻlubiyatga uchratdi. Bu bilan Osipova jahon chempionatlarida gʻalaba qozongan birinchi taekvondochi qizimiz sifatida tarixda qolmoqda.
Bugun bayrogʻimiz qabul qilingan sana. Davlatimiz ramzi mana shunday kunda dunyo birinchiligida eng yuqorida magʻrur hilpiraydi!