55 yoshli syorfer GoPro kamerasi vositasida voqeani suratga oldi. Zarba tufayli uning to'pig'iga bog'langan arqon uzilib ketgan.
“U to'g'ri oldimga sho'ng'idi va bog'ichimga ilindi. To'g'risini aytsam, u meni tagiga 20-30 metrgacha sudrab yurdi. Hammasi tugadi deb o'yladim. Keyin arqon uzilib ketganini his qildim. Xudoga shukur deya yuqoriga chiqib oldim”, dedi Brin.
Avstraliyalik erkak mo'jiza tufayli tirik qoldi, deb xabar beradi korrespondent.net.
Uning fikricha, dengiz jonivorining nisbatan kichik ekani uning omon qolishida muhim rol o'ynadi.