Hozirda soha xodimlari tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida uzluksiz ish rejimi tashkil qilingan.
Jumladan, tabiiy gaz tarmog'i yetib bormagan olis hududlarni suyultirilgan gaz bilan ta'minlash bilan birga, Oqqo'rg'on, Zangiota, Toshkent, O'rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Parkent va Bo'stonliq tumanlaridagi tabiiy gaz tarmog'idan uzilgan 16 mingdan ortiq xonadonlarga gaz ballonlari tarqatilmoqda.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, bugungi kunda viloyatda tabiiy gaz bilan 635 mingdan ortiq xonadon bo'lsa, shundan 43 ming 986 nafar iste'molchiga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.