Tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ lar aniqlandi

    Margʻilon shahrida 7,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ mutasaddilari ushlandi

    Bu haqda OʻZENERGOINSPEKSIYA xabar berdi.

    "Oʻzenergoinspeksiya" Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi hamda gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Margʻilon shahrida faoliyat yuritayotgan "Sh.I.D." MCHJning qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari, toʻgʻridan toʻgʻri tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanganligi aniqlandi.

    Ushbu qoidabuzarlik holati boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra davlat manfaatlariga 7 mlrd 143 mln soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.