Qayd etilishicha, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi “A.M.A” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompresslash shoxobchasining oʻlchov qurilmalariga tashqi taʼsir koʻrsatishi oqibatida 2,9 mlrd. soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.