Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

▪️tabiiy gazni bozor tamoyillari asosida ulgurji sotish bosqichlari va muddatlarini aniqlash;

▪️ birja savdolarida ishtirok etadigan tabiiy gaz isteʼmolchilarini “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi”ga (ASKUG tizimi) ulangan tabiiy gaz oqimini avtomatik ravishda toʻxtatuvchi moslamalar bilan jihozlash;

▪️Energetika vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ oʻrtasida tabiiy gaz isteʼmoli yuzasidan elektron maʼlumot almashishni yoʻlga qoʻyish.

2021-yilning 10-martiga qadar suyultirilgan gazni bozor tamoyillari asosida sotish mexanizmini jadallashtirish ham belgilandi.

Bunda suyultirilgan gaz bozorida raqobat muhitini yaratish, ishlab chiqaruvchi korxonalarning quvvatlarini oshirish ragʻbatlantiriladi. 

Bundan tashqari, aholi va korxonalarning suyultirilgan gazga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun qulay shart-sharoit yaratish nazarda tutilgan.