Bu haqda Germaniyaning sug'urta kompaniyasi Munich Re hisobotida aytilgan.

O'tgan yili bu ko'rsatkich 368 milliard dollarni tashkil etgan edi. Shunday qilib, yong'inlar, suv toshqinlari, dovullar va boshqa tabiiy ofatlar etkazadigan zarar 2025-yilda deyarli 40 foizga kamaydi.

2025-yilda tabiiy ofatlardan sug'urta qilingan zarar taxminan 108 milliard dollarni tashkil etdi. Bu 2024-yil oxirida qayd etilgan zarar miqdoridan 26,5 foizga kam.

Munich Re butun dunyo bo'ylab tabiiy ofatlardan yetkazilgan zararning kamayishini 10 yil ichida birinchi marta dovullar AQSh qirg'oqlariga ta'sir qilmaganligi bilan bog'lamoqda. Ilgari bu an'anaviy ravishda mamlakatning zich joylashgan hududlarida jiddiy vayronagarchiliklarga va oqibatda katta moliyaviy yo'qotishlarga olib kelgan, deb xabar berdi report.az.