Agentlik maʼlumotiga koʻra, qurilish uchun ruxsatnoma berish jarayonlarida kadastr idoralari ishtirok etmaydi. Fuqaro tomonidan ayrim jarayonlar notoʻgʻri talqin qilingan.
Qayd etilishicha, tadbirkor yer sotib olgach, kadastr idoralari ikki ish kuni ichida uning yer huquqini roʻyxatdan oʻtkazadi. Bu jarayon qurilish uchun ruxsatnoma berish bilan bogʻliq emas.
Shuningdek, kadastr idoralari qurilish ishlari tugagach, obyektni oʻlchab, kadastr pasportini rasmiylashtiradi. Obyekt foydalanishga qabul qilinganidan keyingina koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatiga olinadi.
Kadastr agentligi korrupsiya har qanday koʻrinishini keskin qoralishini bildirgan va tizimda shaffoflikni taʼminlash boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilayotganini taʼkidlagan.