— Saxovatli tadbirkorimiz Nurbek Ergashev prezidentimizning tadbirkorlarga yaratib berayotgan imkoniyatlarini his qilib, davlatimiz rahbarining chaqiriqlariga labbay deb javob berdi va Kasbi tumani aholisi uchun 4 ta zamonaviy jihozlangan maxsus tez tibbiy yordam avtomobillarini sovgʻa qildi.

Tadbirkor bu avtomobillarni oʻz hisobidan 1 milliard 200 million soʻmga xarid qilib, xalqqa juda katta saxovatpeshalik qildi. Bugun shu avtomobillar tumanning toʻrtta hududidagi ahvoliga beminnat xizmat koʻrsatadi. Buning uchun tadbirkorga Qashqadaryo xalqi, viloyat hokimligi va jamoatchilik nomidan minnatdorchiligimizni bildiramiz, - dedi viloyat hokimi Murotjon Azimov.

Tantanali tadbir yakuni “Hosil bayrami” va Yangi yil tantanalariga ulanib ketdi. Klaster rahbari oʻzi bilan hamkorlikda ishlovchi fermerlarni bir piyola choyga taklif etib, Yangi yil bayrami bilan qutlab, ularga sovgʻa-salomlar ulashdi. Elimiz sevgan sanʼatkorlar chiqishlari yigʻilganlarda yuqori kayfiyatni aks ettirdi.