Hujjatga koʻra, qarzdor “ALFA INVEST SUGURTA KOMPANIYA” jamiyatidan undiruvchi “DINAR TEXTIL” MCHJ foydasiga 3 milliard 74 million 4 ming soʻm qarzdorlikni undirish kerak.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish haqida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

MIB Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan qarzdor jamiyatga nisbatan belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf qilinmagan.

Boʻlim tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaning bankdagi hisob raqamiga inkasso topshiriqnomalari yuborilgan.

Boʻlim davlat ijrochisi A.Abdusamatov tomonidan qarzdor jamiyatdan 09.07.2020-yil kuni 3 milliard 74 million 4 ming soʻm pul mablagʻlari undiruvchi tadbirkor foydasiga toʻliq undirilib berildi.