Har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan ochkolar jamgʻarib borildi. eng koʻp ball toʻplagan jamoalar keyingi davraga yoʻl oldilar. Bugungi oʻyin Andijon viloyati Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi vakillari hamda Qoʻrgʻontepa tumani boʻlimi masʼullari, shuningdek, mahallalardagi yoshlar etakchilari ishtirok etib bordilar.
Tuman hokimi oʻrinbosari Sardorbek Mamarasulov musobaqa qatnashchilarini tabriklab oʻtdi hamda tuman rahbari nomidan ularga omadlar tiladi. 1-davra oʻyinlarida barcha jamoalar ishtirok etishdi. Unda ochkolar hisobiga koʻra jami 36 ta jamoa keyingi davraga oʻtdi. 2-davrada eng koʻp toʻgʻri javobni bergan 10 ta jamoa final bosqichi yaʼni 3-davra oʻyinlarida qatnashishdi.
Final bosqichida: 3-oʻrinni A.Navoiy mahallasi (Dardoq qishlogʻi) 2-oʻrinni Ibn Sino mahallasi (Qoʻrgʻontepa markazi) 1-oʻrinni esa Tadbirkor mahallasi (Savoy-3) yoshlari egalladilar. Ushbu jamoalarga Qoʻrgʻontepa tumani hokimi hamda viloyat mutasaddilari nomidan sovgʻalar topshirildi.
Shuningdek, Tadbirkor mahallasining yoshlar jamoasi viloyat bosqichiga yoʻl oldi, deb xabar beryapti tuman hokimligi matbuot xizmati.