«Tadbirkor» mahallasi hokim yordamchisi yoshlar bilan uchrashdi

    Mamlakatimizda kelajak bunyodkorlariga e'tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. ertamiz egalari o'zlarining qiziqishlari bo'yicha har tomonlama qo'llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, joylarda yangi avlod vakillari bilan muntazam uchrashuvlar o'tkazilayotgani bunga yorqin misoldir.

    Navbatdagi ana shunday tadbir Davlatobod tumanining «Tadbirkor» mahallasida uyushtirildi.

    Mazkur MFYdagi hokim yordamchisi Sardorjon Rahmonov hudud yoshlari bilan samimiy suhbatlashdi. Faol yigit-qizlarning bir guruhini rag'batlantirib, kitob hamda esdalik sovg'alari topshirdi. Ochiq muloqotda savol-javoblar bo'ldi, taklif va mulohazalar tinglandi.