Tadbirda, tuman elektr taʼminoti korxonasining isteʼmolchilar bilan ishlash sektori muhandisi I.T. “J.F.” MCHJga qarashli binoda elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanganligi holati boʻyicha aniqlangan 64 mln soʻm zararni hamda dalolatnomani yoʻq qilib berish evaziga 3 mln soʻm pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.