Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Urganch markaziy dehqon bozori” AJ boshqaruv raisi Sh.R. yakka tartibdagi tadbirkor S.K.ga tegishli goʻsht mahsulotlari sotishga moʻljallangan savdo shoxobchasini bozor hududidagi yengil tipdagi koʻchma savdo shoxobchalari dislokatsiyasiga kiritib, hujjatlarini rasmiylashtirib berganligi evaziga oʻz xizmat xonasida 300 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.