Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.I. va R.D.lar oldindan til biriktirib, “B.Q.” MCHJ rahbarining yuk avtotransport vositalarini xarid qilish uchun 10 mlrd soʻm kredit olish istagi borligidan foydalanib, ushbu kredit mablagʻini bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali ajratilishida yordam berishlari evaziga 45 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.