Kadastr agentligining Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tuman boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.J. “R.M.” MCHJ tomonidan qurilgan “Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor” shahobcha binosining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga, jamiyat rahbaridan 10 tonna sement olib berishni talab qilgan.

Sementni bozor narxida oʻrtacha 10 mln soʻmga hisoblab, dastlab “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi uchun akkumulyator hamda 500 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.