Tadbirda “Ch.T.” MCHJ bosh muhandisi M.Sh. va boshqalar “G.I.” MCHJ tomonidan Yunusobod tumanda amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha dalolatnomani tasdiqlab, amalga oshirilgan ishlar uchun 30 mln soʻm oʻtkazib berilganligi hamda MCHJ lar oʻrtasida 300 mln soʻmlik shartnoma tuzishganligi evaziga “G.I.” MCHJ rahbaridan 1 950 AQSH dollari talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.