Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. tadbirkor M.X.ga Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlaridan qurilish obyektini olib berishi evaziga 7 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.