Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi Xoʻjaobod tumani filiali sobiq mutaxassisi Z.A. tadbirkor A.ga tanishlari orqali tumandagi oldingi tez tibbiy yordam boʻlimi binosini auksion savdolarisiz egalik huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib olib berishini aytadi. Xizmati evaziga 15 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.