Tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan soliq miqdori 2 baravargacha oshirish kutilmoqda

    Tadbirkorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni yanada liberallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

    Masalan, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, degan jinoyat turi bor. Bunda tadbirkor toʻlamagan soliq 100 million soʻmdan oshsa, jinoyatchi boʻlib qolmoqda.

    Shu bois, soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdorni 2 baravargacha oshirish taklif qilindi.

    Prezident tadbirkorlarimiz ushbu berilayotgan yengillikni, bildirilayotgan ishonchni suiisteʼmol qilmasligiga umid bildirdi.