Tadbirkorga koʻp qavatli uy qurilishini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

    5 qavatli 1 ta uy qurish uchun shartnoma tuzishda tanishlari orqali yordam berishini vaʼda qilib, evaziga undan firibgarlik yoʻli bilan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

    Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro R.R. “A.R.” MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, unga Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilganini aytadi. Shuningdek, shundan 5 qavatli 1 ta uy qurish uchun shartnoma tuzishda tanishlari orqali yordam berishini vaʼda qilib, evaziga undan firibgarlik yoʻli bilan 5 000 AQSH dollarini olishni koʻzlaydi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida vaqtida ushlanib, uning koʻrsatmasiga asosan davom etgan tadbirda, fuqaro A.U. sherigi R.R.dan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.