Tadbirda fuqaro D.I. “D.V.” MCHJ rahbari R.ning ishonchiga kirib, ushbu MCHJga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida bank muassasasidan 3,1 mlrd so'm kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.