Xususan, tadbirkor avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya olish maqsadida Yagona davlat xizmati portali orqali murojaat qilgan. Ammo, ushbu tizimda mazkur litsenziya avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan hududida berilishi boʻyicha cheklov boʻlgan. Yaʼni, agar transport vositasi maʼlum bir hududda roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, faoliyat boshqa hududda amalga oshirilgan holda litsenziya berilmagan.
Natijada, ayrim hududda roʻyxatdan oʻtgan avtotransport vositasini keyinchalik boshqa hududlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga ijaraga berishda muammolar vujudga kelgan.
Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan tadbirkorga avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya berildi.