Maʼlum boʻlishicha, Kasbi tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvaliga koʻra NMTMning faoliyati joriy yilning iyul oyida yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.

Lekin mazkur tarmoq jadvali inobatga olinmagan holda, ishchi guruh tomonidan nodavlat taʼlim muassasi tashkil qilish rejalashtirilgan obyektga nisbatan 50,1 million soʻmlik taʼsirchan soliq mexanizmi qoʻllanilgan.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 666-son qaroriga muvofiq, xatlovdan oʻtkazish vaqtida belgilangan muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari umumiy maydonining 50 foizidan koʻprogʻidan tovarlar ishlab chiqarishda (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) foydalanilmay kelingan boʻlsa, boʻsh turgan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida eʼtirof etilishi belgilangan.

Biznes-ombudsmanning aralashuvi natijasida tadbirkorga nisbatan notoʻgʻri qoʻllanilgan 50,1 million soʻmlik taʼsirchan soliq mexanizmi bekor qilindi.